AQSH yaqin kunlarda G‘azoda sulhga erishishga harakat qiladi – Bayden

Olam

image

AQSH va Isroil vositachi davlatlar – Misr, Qatar va Turkiya bilan birgalikda yaqin kunlarda G‘azo sektorida sulhga erishishga harakat qiladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

“Kelgusi kunlarda AQSH Turkiya, Misr, Qatar, Isroil va boshqa davlatlar bilan birgalikda G‘azoda sulhga erishish va garovga olinganlarni ozod qilish uchun yana bir urinib ko‘radi”, deb yozadi u.

Shuningdek, u Vashington urushni to‘xtatishni va HAMAS harakatini Falastin anklavidagi hokimiyatdan chetlatishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ham “Reuters” nashriga bergan intervyusida Bayden bugun, 27 noyabr kuni G‘azoda sulhga erishish bo‘yicha ish boshlashini ma’lum qilgan.

“Prezident Bayden bugundan boshlab Turkiya, Qatar, Misr va mintaqadagi boshqa ishtirokchilar bilan bog‘lanishni o‘z vakillariga topshiradi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Livan va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzilganini e’lon qilgan edi. Ushbu kelishuv Livan kuchlari tomonidan o‘z hududlari ustidan nazoratni 60 kun ichida tiklashni ko‘zda tutadi. Shundan keyin Isroil armiyasi asta-sekin Livan hududidan chiqariladi va ikki tomon fuqarolari xavfsiz ravishda o‘z yashash joylariga qaytishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Jo Bayden G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing