AQSH Xiaomi va yana 8 ta Xitoy kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

AQSH Xitoyning to‘qqizta kompaniyasini "qora ro‘yxat"ga kiritdi. Ular orasida Xiaomi Corp. va Advanced Micro-Fabrication Equipment Inc. kompaniyalari ham bor. 

Bu yo‘l bilan AQSH Xitoyning "qora ro‘yxat"ga kiritilgan kompaniyalari sonini ko‘paytirgan. 

Xiaomi'ning depozitar tilxatlari AQSHda birjadan tashqari bozorda sotiladi. Kecha, 14 yanvar kuni ularning kotirovkalari 9,4 foizga pasaygan. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning Gonkong fond birjasi bozoridagi qiymati yil davomida 2,7 marotaba ko‘tarilib, hozirda taxminan 107 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, shu haftada AQSH rasmiylari "qora ro‘yxat"ga Xitoyning Alibaba Group Holding Ltd., Baidu Inc. va Tencent Holdings Ltd kompaniyalarini ham kiritishi haqida gaplar paydo bo‘lgan. 

Keyinchalik, AQSH Hukumati ushbu kompaniyalarni "qora ro‘yxat"ga kiritmaslikka qaror qilgani ma’lum bo‘lgan.

Xususan, AQSH Moliya vaziri Stiven Mnuchinning ta’kidlashicha, bunday yirik kompaniyalarga qarshi sanksiyalar bozorni beqarorlashtiradi va salbiy iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. 

Alibaba va Tencent kapitallashuvi bo‘yicha Xitoyning eng yirik kompaniyalari hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning noyabr oyida AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp AQSH chakana va institutsional sarmoyadorlariga Xitoy kompaniyalarining aksiyalariga egalik qilishini taqiqlovchi farmonni imzolagan, Oq uy ma’lumotlarga ko‘ra, bu mudofaa sektori va XXR razvedka xizmatlariga tegishli. 

Dekabr oyida "qora ro‘yxat" 35 kompaniyani o‘z ichiga olgan holda kengaytirildi. Investorlar ushbu kompaniyalarga tegishli bo‘lgan aktivlarini sotishlari uchun bir yil muddat bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing