AQSH va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Olam
−
19 avgust
1584AQSH va Janubiy Koreya qo‘shinlari bugun, 19 avgust kuni mudofaani mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni boshladi. Shimoliy Koreya esa ikki mamlakatni bosqinchilik amaliyotida aybladi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Yillik yozgi mashg‘ulotlar Koreya yarim orolidagi keskinlik kuchaygan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda, chunki ayni paytda Shimoliy Koreya qurollari namoyishi va AQSH-Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari kuchaygan.
Mashqlar Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi bunday amaliyot “tajovuzkorlik uchun provokatsion urush mashqlari” ekanligi haqidagi bayonotini e’lon qilgandan bir necha soat o‘tgach boshlandi. Bayonotda Shimoliy Koreya yadroviy ambitsiyalari asosli ekanligini ta’kidlanib, “eng katta to‘xtatuvchi vositani to‘plash orqali urushning oldini olish uchun kuchlar muvozanatini doimiy ravishda saqlab turish” muhimligini qo‘shimcha qilgan.
Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya esa o‘zaro qo‘shma mashg‘ulotlariga “tabiiy mudofaa” deb izoh berdi va Pxenyanning tahdidlariga qarshi turish uchun o‘z mashg‘ulotlarini kengaytirayotganini ta’kidladi.
29 avgustgacha davom etadigan “Ulchi Freedom Shield” mashg‘ulotlari kompyuterda va 40 dan ortiq turdagi dala mashg‘ulotlarini, jumladan, jonli o‘t ochish mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ittifoqchilarning ta’kidlashicha, bu yilgi dastur Shimoliy Koreyaning turli tahdidlariga, jumladan, raketalar, GPS blokirovkalari va kiberhujumlarga qarshi tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.
19-22 avgust kunlari Shimoliy Koreya yadroviy hujumi, mudofaasi va evakuatsiya mashg‘ulotlari bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan janubliklar amaliyotida 19 000 ga yaqin janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar qatnashadi.
AQSH harbiylari mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan Amerika qo‘shinlari sonini ochiqlamadi. So‘nggi oylarda Qo‘shma Shtatlar Janubiy Koreya va Yaponiya kuchlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun uzoq masofali bombardimonchi samolyotlar, suv osti kemalari va samolyot tashuvchi hujum guruhlarini mintaqaviy tarzda joylashtirishni oshirdi.
LiveBarchasi