AQSH va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashmoqda – WSJ
Olam
−
30 noyabr 2022
7535Yevropa davlatlarining Amerika Qo‘shma Shtatlari yuritayotgan energetika siyosatidan hafsalasi pir bo‘la boshladi. Ular Vashingtonni energetika inqirozini alangalatishda ayblamoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yevropaning AQSH bilan aloqalari energetika siyosati tufayli yomonlashmoqda. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning fikricha, Vashingtonning qadamlari mintaqadagi energetika inqirozini hal qilish uchun yordam bermaydi.
Qayd etilishicha, Yevropa davlatlarining noroziligiga AQSHning suyultirilgan gazi Rossiyanikiga nisbatan sezilarli darajada qimmatligi ham sabab bo‘lmoqda. Qimmat gaz Yevropa va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlarga soya solyapti. Yevropaning iqtisodiy va geosiyosiy qo‘rquvi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning AQSHga tashrifi davomida kutilayotgan muzokaralarning asosiy mavzusiga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Makronning Amerikaga 5 kunlik tashrifi joriy yilning 30 noyabr kuni boshlandi. U Jo Bayden bilan 2 dekabr kuni uchrashadi. Shuningdek, Fransiya Prezidenti AQSH vitse-prezidenti Kamola Xarris bilan birga NASA bosh qarorgohiga tashrif buyurishi ham kutilmoqda.
LiveBarchasi