AQSH va Ukraina qarshi hujumning muvaffaqiyatsizligi uchun bir-birini ayblamoqda – WP

Olam

image

Ukraina va Amerika tomonlari bir-birini Kiyevning qarshi hujum uyushtirishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganlikda ayblamoqda. Bu haqda “The Washington Post” sharhlovchisi Maks Butning chop etilgan fikr-mulohazalarida aytiladi. 

Materialda qayd etilishicha, Kiyevning qarshi hujum uyushtirishga urinishlari Ukraina rahbarlari va uning G‘arbdagi tarafdorlari kutgan katta muvaffaqiyatga olib kelmagan.

"Ukraina nega ko‘proq muvaffaqiyatga erishmadi? Sahna ortida Ukraina va AQSH rasmiylari o‘rtasida ko‘plab o‘zaro ayblovlar bor. Amerikaliklar shikoyat qiladilarki, ukrainaliklar NATO uslubidagi qo‘shma qurolli hujumni o‘tkaza olmadi va Sovet harbiy strategiyasiga xos bo‘lgan eskirgan urushga qaytdi, shu bilan birga juda zarur bo‘lgan xodimlarni Baxmut (Ukraincha Artemovsk nomi) atrofidagi ikkinchi darajali operatsiyalarga yo‘naltirdi”, deyiladi maqolada.

O‘z navbatida, ukrainaliklar G‘arb Rossiya istehkomlarini buzib o‘tish uchun yetarlicha qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaganidan, berilgan qurollarning ham ko‘pi ishlamay qolganidan shikoyat qilgan. 

“Ukraina minalardan tozalash uchun uskunalar va zirhli texnika, eng muhimi, Rossiyaning boshqariladigan va uchuvchisiz samolyotlarining zarbalarini qaytarish uchun yetarli kuchga ega emas”, deyiladi materialda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina qarshi hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing