AQSH va “Tolibon” o‘rtasidagi bitim boshidanoq ishlamasligi ma’lum edi – Afg‘oniston

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH va “Tolibon” guruhi o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimi boshidanoq muvaffaqiyatsizlikka mahkum edi. Bu haqda Afg‘oniston Prezidentining Siyosiy partiyalar va qabilalarni yarashtirish bo‘yicha katta maslahatchisi Hoji Nazir Ahmadzay ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, AQSH va “Tolibon” guruhi o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimida Afg‘oniston hukumati ishtirok etmaganligi sababli ushbu kelishuv ishlamagan. 

“Biz birinchi kundanoq Afg‘oniston hukumati ishtirok etmaganligi sababli ushbu kelishuv ishlamaydi, deb aytdik. To‘g‘ri, tinchlik uchun ba’zi masalalar bo‘yicha biz ularga qo‘shildik, biroq toliblarning Doha kelishuviga binoan bergan va’dalari bajarilmadi”, deydi Axmadzay.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qatar poytaxti Dohadagi muzokaralar fonida Afg‘onistondagi zo‘ravonlik va jangovar harakatlar ko‘lami faqat oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yili Qatarda Amerika Qo‘shma Shtatlari va afg‘on toliblari o‘rtasida ilk marta tinchlik shartnomasi imzolangan edi. Kelishuvga ko‘ra, AQSH 14 oy ichida qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi hamda mahbuslarni almashish to‘g‘risidagi bitimdan so‘ng, afg‘onlararo muloqot boshlanishini kerak edi.

Biroq joriy yilning fevral oyi boshida Afg‘oniston Milliy yarashuv kengashi raisi Abdulla Abdullaning ma’lum qilishicha, “Tolibon” vakillari Qatar poytaxti Dohada o‘tkazilayotgan Afg‘onistonda vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Doha “Tolibon”

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing