AQSH va Xitoy mojaro xavfi ostida harbiy aloqalarni tikladi – WSJ
Olam
−
12 Sentabr
3839Vashington va Pekin munosabatlardagi qariyb ikki yillik tanaffusdan so‘ng harbiy idoralar o‘rtasidagi diplomatik hamkorlikni tiklash uchun ehtiyotkor qadamlar qo‘ymoqda. Ushbu harakatlardan asosiy maqsad qarama-qarshilik xavfini kamaytirish. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta ichida amerikalik amaldorlar Xitoyning yuqori martabali harbiylari, shu jumladan general Vu Yanan bilan uzoq kutilgan uchrashuvlarni tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan. Vu Yanan boshchiligidagi qo‘mondonlik vazifasi Janubiy Xitoy dengizidagi operatsiyalarni amalga oshirishdan iborat. Shu bilan birga, Pentagon generalning Gavayida bo‘lib o‘tadigan harbiy anjumanda ishtirok etishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Pentagon rahbari yordamchisining o‘rinbosari Maykl Cheyz Pekindagi xalqaro xavfsizlik konferensiyasi - Xiangshan forumida ishtirok etish uchun yuborilgan. Manbaga ko‘ra, harbiy soha bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni tiklashga urinishlar Janubiy Xitoy dengizidagi keskinlik va Xitoy tomonidan Rossiyani qo‘llab-quvvatlash fonida amalga oshirilmoqda.
“Qo‘shma Shtatlar muloqot liniyalarini ochiq saqlash niyatida, chunki raqobatning mojaroga aylanib ketishining oldini olish muhim. Shu bilan birga, uchrashuvlarda mamlakatlar vakillari keskin pozitsiyani egallab, har bir tomon xavfsizlikning asosiy muammosi deb hisoblagan masalalarda chekinish alomatlarini oshkora ko‘rsatmayapti”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sentyabr oyi oxirigacha Xitoy va Rossiya “Shimol-2024” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi