AQSH va Xitoy qurol nazorati bo‘yicha muzokara o‘tkazadi 

Olam

image

AQSH va Xitoy rasmiylari sobiq prezident Barak Obama davridan beri ilk bor qurol nazorati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Amerika hukumatidagi manbalarga tayanib. “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra,  uchrashuv 6 noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Unda AQSH tomonidan Davlat departamentining yuqori martabali xodimi Mellori Styuart, Xitoy Tashqi ishlar vazirligidan esa Qurol nazorati bo‘limi rahbari Sun Syaobo  qatnashadi. Muzokaralarda "noto‘g‘ri hisoblash xavfini kamaytirish yo‘llari" ko‘rib chiqiladi. 

Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, uchrashuvda amerikaliklarning Xitoy vakiliga Pekinning yadroviy doktrinasi va Xitoy yadro arsenalini oshirish bo‘yicha harakatlari to‘g‘risida savollar berishi kutilmoqda.

Yana bir manbaning ta’kidlashicha, rejalashtirilgan uchrashuv o‘z-o‘zidan AQSH va Rossiyadagi kabi mumkin bo‘lgan cheklovlarni o‘rnatish bo‘yicha rasmiy muloqot boshlanishini anglatmaydi. 

“Amerikaliklar AQSH, Xitoy va Rossiya ishtirok etishi mumkin bo‘lgan beqarorlashtiruvchi uch tomonlama qurollanish poygasini oldini olishga harakat qilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joizki, oktyabr oyida Pentagon Xitoyda 500 dan ortiq operatsion yadro kallaklari borligini, 2030 yilga borib esa ularning soni 1000 dan oshishi mumkinligini prognoz qilgan. Qurol bo‘yicha muzokaralar Prezident Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida noyabr oyida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tadi, ammo Bayden ma’muriyatidagi manba muhim tafsilotlar hali ham hal qilinishi kerakligini aytmoqda.

So‘nggi oylarda Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi bir qator diplomatik almashinuvlar asosan Vashingtonning tashabbusi bilan amalga oshirilgan, chunki u AQSH harbiylari fevral oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari ustidan uchib kelayotgan Xitoyning josuslikda gumon qilingan havo sharini urib tushirganidan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi sovib borayotgan munosabatlarni izga tushirmoqchi.

Vashingtonda joylashgan Qurollarni nazorat qilish assotsiatsiyasi ijrochi direktori Deril Kimbolning aytishicha, bu sohada uzoq kutilgan muzokaralar, ehtimol, har bir mamlakatning yadroviy doktrinalarida oshkoralikni oshirish va inqirozli vaziyatlarda yanada samarali aloqalar o‘rnatishga qaratiladi.

"Ammo, menimcha, biz tez orada yutuqlarni kutishimiz kerak emas. Buning uchun vaqt va ikki tomondan ham o‘zaro yon berish talab qilinadi", deydi Kimbol.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Vashingtonda ikki mamlakat o‘rtasida kelishmovchiliklar hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made