AQSH va Xitoy G20 sammitini barbod qildi

Olam

image

AQSH va Xitoyning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) atrofidagi bahsi sabab G20 davlatlari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi sammiti barbod bo‘ldi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy Vashington JSST koronavirus epidemiyasining boshlang‘ich davrida ko‘rilgan choralar bo‘yicha hisobot berishi kerakligini talab qilgan. Biroq rasmiy Pekin bu taklifni rad qilgan.

Natijada videokonferensiya so‘nggi pallada bekor bo‘lgan. Muzokaralar AQSH va Xitoy bu masalada bir to‘xtamga kelgach, qayta tiklanishi mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni AQSH JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatdi. Taqiqlov tashkilot tomonidan koronavirus tarqalishini yashirish va unga qarshi ko‘rilgan choralardagi xatoliklar tekshirilmaguncha amal qilishi belgilandi. Oq uy xo‘jayini Trampning bu qarori xalqaro hamjamiyatda ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST G20

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing