AQSH va Xitoy harbiy yo‘nalishda muzokara o‘tkazadi
Olam
−
02 dekabr 2021
3963Xitoy va AQSH oliy darajadagi harbiy muloqot o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “South China Morning Post” xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, bu kelasi yil yanvar oyida telefon orqali suhbat yoki videokonferensiya shaklida bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, maslahatlashuvlarda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etadi, uning suhbatdoshlari esa xitoylik hamkasbi Vey Fenxe va XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Syuy Silyan bo‘ladi.
Harbiylar o‘rtasida muloqot o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga noyabr oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi onlayn uchrashuvda erishilgan.
“Bu sammitda erishilgan konsensuslardan biridir. Ikki davlat rahbari harbiylarga kelishuvni muhokama qilishni buyurdi”, deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, armiya bilan muloqotga tayyorgarlik sammitdan avval boshlangan, chunki har ikki tomon ham strategik barqarorlik muammosini o‘zlarining eng ustuvor yo‘nalishi deb bilishadi.
Bo‘lajak maslahatlashuvlarning asosiy mavzusi Xitoy-AQSH munosabatlaridagi eng nozik masala — Tayvan muammosi bo‘lishi kutilmoqda. Pekin va Vashington, shuningdek qurol-yarog‘ nazoratini muhokama qiladi.
LiveBarchasi