AQSH va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi – WP

Olam

image

AQSH va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharqdagi mojaro sababli jiddiy darajada yomonlashdi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden yil davomida bir necha bor Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga murojaat qilib, uni strategik tinchlik rejasiga e’tibor qaratishga chaqirgan. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti ommaviy nutqlarida va shaxsiy muloqotlarda ham Isroil rahbarini “jazolash” istagidan voz kechishga chaqirgan. Biroq Netanyaxu ommaviy ravishda AQSHning G‘azo va Livandagi o‘t ochishni to‘xtatishga oid takliflarini rad etib, Oq uyni qurol yetkazib berishni kechiktirayotganlikda ayblagan.

Qayd etilishicha, Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazib berishni bir necha bor to‘sib qo‘ygan yoki kechiktirgan, shu bilan birga ommaviy ravishda buni rad etgan. Manbalarning ta’kidlashicha, Vashingtonning bosimi bo‘lmaganida Isroil yordamning hatto minimal miqdorini ham yetkazib berishga ruxsat bermagan bo‘lardi.

Bundan tashqari, Isroil AQSH tomonidan berilayotgan xavfsizlik kafolatiga suyanib, jarayonga AQSHni xabardor qilmasdan Iordan daryosining G‘arbiy sohili, Suriya va Erondagi hujumlarni amalga oshirgan.

Nashrga ko‘ra, Oq uy hozirda Netanyaxudan Eronning raketa hujumiga javob qaytarmaslikni, ayniqsa, neft va yadroviy infratuzilmalarga zarba bermaslikni talab qilmoqda. Ammo Isroil Bosh vaziri demokratlarning talablariga quloq solmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda G‘azoda garovga olinganlar bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni zudlik bilan tuzish zarurligini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing