AQSH va Buyuk Britaniya Rossiyani jahon atom energiyasi bozoridan chiqarib yubormoqchi
Olam
−
10 iyun 2023
7468Buyuk Britaniya va AQSH yangi iqtisodiy hamkorlikni e’lon qildi, uning maqsadlaridan biri Rossiyani jahon atom energiyasi bozoridan siqib chiqarishdan iborat. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak idorasi tomonidan tarqatilgan “Atlantika deklaratsiyasi”da keltirilgan.
“Muhim toza energiya sanoatini qo‘llab-quvvatlash, uglerod neytralligiga erishish va Rossiyani global fuqarolik atom energiyasi bozoridan chetda qoldirish niyatlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buyuk Britaniya va AQSH yangi fuqarolik atom energiyasi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi”, deyiladi hujjatda.
Britaniya Bosh vaziri Oq uyda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Atlantika deklaratsiyasi”ni sharhlar ekan, Rossiya va Xitoyning harakatlari G‘arb uchun xavf tug‘dirishi haqida bayonot bergan.
“Xitoy yoki Rossiya kabi davlatlar bizning ochiqligimizni manipulyatsiya qilmoqchi yoki ekspluatatsiya qilmoqchi, intellektual mulkimizni o‘g‘irlamoqchi, texnologiyadan avtoritar maqsadlarda foydalanmoqchi va energiya kabi muhim manbalardan foydalanishni rad etmoqchi. Ular g‘alaba qozona olmaydi”, deydi Sunak.
Shuningdek, anjumanda Rossiya va Xitoyning harakatlari G‘arb uchun xavf tug‘dirishi haqida fikr bildirilgan.
LiveBarchasi