AQSH va hamkorlari bu hafta Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi

Olam

image

AQSH ma’muriyati va Vashingtonning hamkorlari shu hafta Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilish niyatida. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 21 fevral kuni Varshavadagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” uchun Rossiyaning badal to‘lashi choralarini ko‘rmoqda.  

“Biz tarixdagi har qanday davlatga qarshi harakat qilgan eng yirik sanksiya rejimini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Bu hafta hamkorlarimiz bilan birgalikda yangi sanksiyalarni e’lon qilamiz”, deydi Bayden. 

Eslatib o‘tamio‘, 20 fevral kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden davlat rahbari sifatida ilk bor Kiyevga tashrif buyurdi. U ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Ukrainaga yana 500 million dollarlik harbiy yordam paketi ajratilishini aytdi va hafta oxirigacha Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilinishi bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing