AQSH O‘zbekistonni koronavirus tarqalish darajasi noma’lum davlatlar qatoriga kiritdi
Olam
−
04 noyabr 2021
9098Amerikaning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi sayohat qilish bo‘yicha davlatlarni koronavirusga chalinish xavfi eng yuqori, yuqori, o‘rtacha, past va noma’lum bo‘lgan guruhlarga bo‘ldi. O‘zbekiston noma’lum ro‘yxatdan joy oldi.
Reytingda qayd etilishicha, O‘zbekistondagi hozirgi ahvol noma’lum, hatto to‘liq emlangan sayohatchilarning koronavirus bilan kasallanish ehtimoli bor.
Reytingga ko‘ra, mamlakatga kelishni rejalashtirganlarga avvalo to‘liq emlanish tavsiya etilgan.
Shuningdek, sayohatchilardan O‘zbekistonda tavsiya yoki talablarga amal qilishlari, jumladan, niqob taqishlari, masofa saqlashlarini so‘ralgan.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari: Turmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston ham vaziyat noma’lum mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Faqatgina Qirg‘iziston koronavirus bilan kasallanish xavfi kam bo‘lgan davlatlar qatorida.
Qayd etilishicha, kasallanish xavfi kam bo‘lgan davlatlarga ham sayohat qilishdan oldin, albatta, to‘liq emlanish va mamlakatda o‘rnatilgan qoidalarga amal qilish tavsiya etilgan.