AQSH O‘zbekistonni diniy erkinlik buziluvchi davlatlar ro‘yxatida qoldirdi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy e’tiqod erkinligi buzilishi sababli xavotirli davlatlar qatorida qoldirishga qaror qildi.

Davlat departamenti hujjatida AQSH Rossiya, O‘zbekiston va Komor orollarini Special Watch List (Maxsus kuzatiluvchi ro‘yxat) da qoldirdi. Bu ro‘yxatga diniy erkinlikni jiddiy tarzda buzuvchi yoki buzilishiga ko‘z yumadigan davlatlar kiritiladi.

Bu ro‘yxatga Kuba, Nikaragua, Nigeriya va Sudan ham qo‘shilgan.

Myanma, Xitoy, Eritreya, Eron, KXDR, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston o‘tgan yildagidek, diniy erkinlik masalasida qattiq xavotirga sabab bo‘luvchi davlatlar ro‘yxatida qoldirilgan.

Bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak, AQSH diniy erkinlik masalasiga baho berayotganda mamlakatda missionerlik harakatlariga ruxsat berish va boshqa mentalitetga yod bo‘lgan harakatlarni ham inobatga oladi. Shu sababdan O‘zbekistonning bu ro‘yxatda qoldirilishi faqatgina AQSH nuqtai nazari ekanini hisobga olish lozim.

O‘zbekistonda vijdon erkinligi Konstitutsiya va Qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh diniy erkinlik

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing