AQSH O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashmaydimi?

Sport

image

Joriy yilning 1-14 may kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. AQSH jamoasi Toshkent mundialida ishtirok etmasligi mumkin. Bu haqda AQSH boks federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

AQSHning JCHda ishtirok etmasligiga sabab, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ning Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z bayroqlari ostida ishtirok etishga ruxsat bergani bo‘lmoqda. Shuningdek, AQSH 15-31 mart kunlari Nyu-Delida o‘tkaziladigan ayollar o‘rtasidagi JCHda ham qatnashish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham Toshkent mundialiga qizg‘in tayyorgalik ko‘rmoqda. Ayni vaqtda o‘zbek bokschilarning bir qismi Vengriyada o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan bo‘lsa, bir qismi Toshkent shahrida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing