AQSH O‘zbekistonda mustaqil OAVni rivojlantirishni moliyalashtirmoqchi

Jamiyat

image

AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va mustaqil ommaviy axborot vositalari salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha dasturni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda RT xabar berdi.

Amerika tomoni potensial pudratchilarga mahalliy mustaqil OAVni rivojlantirish bilan shug‘ullanish, inson huquqlarini ta’minlash hamda O‘zbekiston fuqarolarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishni taklif qilyapti.

Loyiha, boshqa narsalar qatori, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining respublika aholisining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini oshirishga yordam berishi, shuningdek, OAV va jurnalistlar kasbiy tayyorgarligi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ishiga ta’sir qilishi kutilmoqda.

Kelajakdagi pudratchilarning har biri uchun bitta grant miqdori, hujjatga ko‘ra, 10 ming dollardan 50 ming dollargacha o‘zgarishi mumkin, ammo ularning umumiy soni ko‘rsatilmagan.

Tegishli dasturni boshlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida agentlik mahalliy sheriklardan kerakli ma’lumotlarni to‘plash boshlaganligini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh OAV

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing