AQSH O‘zbekiston paxtasiga qo‘ygan cheklovlarini bekor qiladi

Jamiyat

image

AQSH Mehnat vazirligi o‘zining hisobotida (“TDA Report”) 2011 yildan beri birinchi marta O‘zbekistonni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligi bo‘yicha “sezilarli taraqqiyot”ning eng yaxshi toifasiga kiritdi.

Bu majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, shuningdek, ushbu sohada jinoiy javobgarlikning xalqaro standartlarga to‘liq mos ravishda kuchaytirilgani tufayli erishilgani alohida ta’kidlangan.

“O‘zbekiston haqiqatan ham qisqa vaqt ichida ta’sirchan taraqqiyotga erisha oladigan namunali davlatga aylanmoqda”, deydi AQSH Mehnat vazirligining Bolalar va majburiy mehnat bo‘yicha boshqarmasi rahbari Marsia Yeugenio.

Bundan tashqari, O‘zbekiston erishgan yutuqlarni inobatga olgan holda, AQSH Mehnat vazirligi mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtani “Bolalar va majburiy mehnatdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxati”dan chiqarilishini e’lon qildi. Ushbu qaror O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarni AQSHga olib kirishga qo‘yilgan rasmiy cheklovlarni bekor qiladi va shu orqali to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida “Cotton Campaign” koalitsiyasi o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotni bekor qilgandi. Boykot 2009 yilda paxta terimida muntazam ravishda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani uchun joriy etilgandi. Bu esa o‘zbek paxtasining xalqaro bozordagi qadriga jiddiy putur yetkazib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing