AQSH O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘zgarayotgani bo‘yicha qanday fikrda?
Jamiyat
−
14 aprel 2023
11340Xabaringiz bor, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistonga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik QALAMPIR.UZ tahririyatiga tashrif buyurib, intervyu bergan edi. Suhbat davomida elchi O‘zbekistonda 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum bo‘yicha AQSH pozitsiyasini bildirdi.
Xenikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Konstitutsiya o‘zgartirilsa, u faqat qog‘ozda qolib ketmasligi kerak. AQSH yangi qonunlarning amalda ham ishlashini muhim jihat sifatida ko‘radi.
“Biz Konstitutsiyaviy referendumni juda yaqindan o‘rganyapmiz. Unda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni – ishchilarni himoya qilish, ayollarni himoya qilish borasidagi qadamlarni ko‘ryapmiz. Hokimiyatlar bo‘linishi kuchaymoqda va Oliy Majlisga ko‘proq vakolatlar berilmoqda”, deydi elchi.
Uning aytishicha, bularning barchasi ijobiy o‘zgarishlar. Konstitutsiyani o‘zgartirish yoki o‘zgartirmaslik esa O‘zbekiston fuqarolarining o‘z ishi hisoblanadi.
“Biz muhim deb bilgan boshqa bir jihat shuki, agar ushbu Konstitutsiya o‘zgartirilsa, bu o‘zgarishlar shunchaki qog‘ozda qolib ketmaydimi? Amalda ham ishlaydimi? Umuman olganda biz O‘zbekistonni ayni vaqtdagi va qolgan barcha islohotlarida qo‘llab-quvvatlashimizga ishonamiz”, deydi Jonatan Henik.
LiveBarchasi