AQSH o‘z tarixida birinchi marta Arktikaga elchi tayinlaydi

Olam

image

Rossiya Qurolli Kuchlarining Arktikadagi harakatlarining kuchayishi fonida Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z tarixida birinchi marta sayyoraning ushbu qismiga elchi tayinlashga qaror qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Vedant Patel ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, AQSHning Arktikadagi elchisi Arktikaning yana 7 davlati – Kanada, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Rossiya Federatsiyasi bilan aloqada bo‘ladi. Diplomat Arktika masalalari bo‘yicha “sheriklar” bilan aloqalar uchun ham javobgar bo‘ladi. 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken avvalroq Arktika mintaqasida tinchlik va barqarorlik AQSH uchun juda muhim va ustuvor ekanini aytgan. 

Amerika diplomatiyasi rahbari yangi elchining nomzodi yaqin orada tasdiqlash uchun Senatga taqdim etilishiga ishontirgan. 

Mutaxassislar AQSHning Arktikadagi elchisini tayinlash Rossiya Federatsiyasining shimoliy kengliklarda harbiy dasturlarini faollashtirish va Xitoy tomonidan Arktikada ilmiy stansiyalar yaratish davriga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arktika

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing