AQSH o‘z xatolarini tan olishi shart – Eron
Olam
−
08 noyabr 2020
5052AQSHning yangi Prezidenti yangi davrda o‘tgan xatolarni tan olishi va avvalgi kelishuvlarni amalga oshirishga qaytishi kerak. Bu haqda Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qildi.
"AQSH Prezidentining bo‘lajak ma’muriyati o‘tmishdagi xatolarini to‘g‘irlash va xalqaro normalar va kelishuvlarga qaytish imkoniyatiga ega", dedi Ruhoniy.
Prezident "Eron xalqining Amerika tomonidan ularga qarshi qo‘yilgan iqtisodiy urushdagi g‘alabasi" haqida e’lon qildi.
"Eron xalqi, qo‘yilgan iqtisodiy urushga qarshi o‘zining qahramonona qarshiligi bilan AQSH tomonidan maksimal bosim siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchrashini ko‘rsatdi", dedi u.
Avvalroq, AQSH ommaviy axborot vositalari Demokratik partiyadan nomzod Jo Baydenni AQSHning yangi prezidenti deb e’lon qilgani, ovozlarni hisoblash davom etayotgani, shu munosabat bilan xorijiy siyosatchilar va davlat rahbarlari Jo Baydenni g‘alaba bilan tabriklashni boshlab yuborishgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi