AQSH urush uchun yuz millionlab dollar sarflamoqda – FT

Olam

image

AQSH Eronga qarshi harbiy operatsiya uchun kuniga yuz millionlab dollar sarflamoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Amerika tadbirkorlik instituti (AEI) katta ilmiy xodimi va Pentagon byudjet boshqarmasining sobiq yuqori lavozimli xodimi Eleyn Makkasker AQSH Eronga qarshi operatsiya uchun qancha mablag‘ sarflayotganini hisoblab chiqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning besh haftalik harbiy kampaniyasi qiymati – Tramp fevral oxirida Eronga hujum qilish haqida buyruq bergan paytdan boshlab 22,3 dan 31 milliard dollargachani tashkil etgan. Shu bilan birga, ushbu summaning qariyb o‘ndan bir qismi – 2,1 dan 3,6 milliard dollargachasi jangovar shikastlanishlar va harbiy texnikalarni almashtirish hissasiga to‘g‘ri keladi.

Makkaskerning so‘zlariga ko‘ra, shikastlangan texnikani ba’zan bir necha kun ichida ta’mirlash mumkin, biroq butunlay vayron bo‘lgan ba’zi tizimlarni almashtirish yillab vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, urush ta’mirlash uchun o‘ta muhim bo‘lgan materiallarni yetkazib berishdagi muammolarni yanada chuqurlashtirishi ehtimoldan xoli emas.

Shu bilan birga, AQSHning boshqa bir sobiq yuqori lavozimli harbiy mulozimi zararning katta qismini AQSH “o‘ziga-o‘zi yetkazganini” tan olgan. Bunga resurslardan foydalanishdagi xatolar, yomon himoya yoki tizimlarni qo‘llashdagi nosozliklar sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Pentagon allaqachon Kongressdan Erondagi operatsiya uchun qo‘shimcha 200 milliard dollar so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifing paytida AQSH Eronni bir kechada yo‘q qilishga qodirligini va buni bugun, 7 aprel kuniyoq amalga oshirishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing