AQSH ukrainlarning hayoti evaziga milliardlab daromad olmoqda – Kreml

Olam

image

Kreml rasmiysining aytishicha, amerikaliklar foyda olish uchun ukrainaliklarni ataylab o‘lim girdobiga tashlamoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov kecha 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyadagi jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

“Ukraina vaziyat jiddiyligini tushunishi kerak. Kiyev Vashingtondagi “ittifoqdoshlari” ukrainaliklarni ataylab o‘limga mahkum etayotganini va shu bilan birga milliardlab dollar ishlayotganini qanchalik tez anglasa, shuncha yaxshi", degan u.

Peskov shuningdek Amerika uchun Ukraina hech qanday ahamiyatga ega emasligini bildirgan.

“Ular tushunishi kerakki, Ukraina urushi AQSHning asosiy tashvishi emas. Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy masala har doim amerikaliklarning o‘zlari bo‘lib kelgan. Hatto o‘sha ukrainaliklarning ko‘p sonli hayotini evaziga”, degan Kreml voizi.

Rasmiyning fikricha, Vashingtonning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli zaiflashgan Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlariga berilgan energiya manbalari, neft va qurollardan milliardlab dollar daromad oladi.

2022-yil fevralida Moskva harbiy amaliyoti boshlanganidan beri AQSH 100 milliard dollardan ko‘proq yordam, jumladan, harbiy texnika va’da qilgan.

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev esa X (sobiq Twitter) orqali AQSH Ukrainaga yordam berish istagi bilan emas, balki “Bayden ma’muriyatiga yaqin kompaniyalar undan oladigan ulkan foyda” bilan bog‘liqligini aytdi.

Shu bilan birga, frontda muvaffaqiyatning yo‘qligi Kiyevning ko‘proq moliyalashtirish haqidagi iltimoslarini kuchaytirdi. Seshanba kuni AQSH Tinchlik Institutida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’muriyati rahbari Andrey Yermak AQSH harbiy yordamini kechiktirish Kiyevni “bu urushda mag‘lub bo‘lish xavfi katta” deb ogohlantirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peskov Putinga suiqasd xomxayoldan boshqa narsa emas ekanligini aytgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Kreml' Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing