AQSH ukrainalik uchuvchilarga F-16’da mashq qilishga ruxsat bermayapti – NYT

Olam

image

AQSH rasmiylari Yevropada ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlari bilan o‘qitishga ruxsat bermayapti. Bu haqda Ukrainaning yuqori martabali mulozimlaridan biriga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Aytilishicha, Buyuk Britaniya va Niderlandiya hukumat rahbarlari Kiyev harbiy yordam sifatida so‘ragan zamonaviy qiruvchi samolyotlarni xarid qilish bo‘yicha xalqaro koalitsiya tuzilganini e’lon qilgan. Biroq F-16 samolyotlarini yetkazib berish uchun AQSH ruxsati kerak bo‘ladi. Xuddi shunday, F-16 qiruvchi samolyotlarida mashg‘ulot o‘tkazish uchun ham Vashingtonning ijozati talab qilinadi. AQSHning Yevropadagi hamkorlariga esa ukrainalik uchuvchilarni faqat texnik til bilan tanishtirishga va taktika darslarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. Samolyotlarda sinov parvozlarini o‘tkazish esa mumkin emas.

Bayden ma’muriyati rasmiysining aytishicha, Vashington hali ham Kiyevga o‘z qiruvchilarini jo‘natish niyatida emas, chunki bu juda qimmat va ko‘p vaqt talab etadi. Qo‘shma Shtatlar asosiy e’tiborni boshqa qurol-yarog‘larni yetkazib berishga qaratmoqchi, biroq amaldor oxir-oqibat Yevropadagi ittifoqchilarga F-16 samolyotlarini Ukrainaga qayta eksport qilish uchun litsenziya berilishini istisno etmaydi.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya, Daniya va Belgiya Kiyev bilan o‘z qiruvchilarini baham ko‘rish istagini allaqachon bildirgan. Mutaxassislarning fikricha, bu davlatlar kamida 125 ta F-16 samolyotlarini yetkazib bera oladi. Norvegiya ham o‘zining foydalanishdan chiqarilgan qiruvchilarini topshirishga tayyor. Ukraina hukumati Rossiya bilan havoda to‘qnashish uchun 180 ga yaqin zamonaviy qiruvchi kerakligini ta’kidlagan, ammo hozirda Kiyev 24-36 ta samolyot so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing