AQSH Ukrainaga yordam dasturini muzlatib qo‘ydi

Olam

image

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Ukrainaga yordam ko‘rsatishga oid ko‘plab loyihalarni to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzlatilgan loyihalar orasida, maktablarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, onalarga shoshilinch yordam ko‘rsatish va bolalarni emlash kabi yordam dasturlari bo‘lgan. Ushbu loyihalar 90 kunga muzlatib qo‘yilgan. 

Xabarda aytilishicha, ushbu muzlatuvlar Ukraina va boshqa mamlakatlarga ham tegishli, ammo Misr va Isroil davlatlari bundan mustasno. 

“Misr va Isroilga harbiy yordam (ular har yili AQSHdan mos ravishda 1,3 milliard va 3,3 milliard dollar oladi) qolaversa, shoshilinch oziq-ovqat yordam ajratilishi to‘xtatilmaydi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, USAID’ning bu qarori AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ko‘pgina xorijiy yordam dasturlarini to‘xtatib qo‘yishni buyurganidan keyin qabul qilingan. Uning ko‘rsatmalari Ukraina, Tayvan va Iordaniyaga ham tegishli. Xabarda aytilishicha, Davlat departamenti 85 kun ichida tashqi yordam dasturlari davom etishi uchun yangi yo‘nalishlar va tavsiyalar ishlab chiqishi kerak.

Ma’lumot uchun, USAID Ukraina hukumatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjet yordamini taqdim etadi. 2022 yil 24 fevraldan buyon uning miqdori 30 milliard dollardan oshdi. Shu vaqt ichida USAID Kiyevga 2,6 milliard dollar gumanitar yordam va 5 milliard dollar taraqqiyot yordami ko‘rsatdi.

Eslatib ўтамиз, avvalroq AQSH tomonidan Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan birinchi 1 milliard dollar o‘tkazilgandi. Ukraina hukumati barcha Rossiya davlat aktivlarini musodara qilish va ularni mamlakatni qayta tiklash uchun yo‘naltirishga “umid qilmoqda”.

20 yanvar kuni esa AQSH Prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshqa mamlakatlarga ko‘rsatiladigan yordam dasturlarini 90 kunga to‘xtatish haqida farmonni imzoladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh USAID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing