AQSH Ukrainaga yana 400 mln dollarlik harbiy yordam beradi

Olam

image

AQSH hukumati Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda bugun, 21 oktyabr kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Ostin ushbu paketga, xususan, qo‘shimcha o‘q-dorilar, zirhli texnika va boshqa qurollar kiritilishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga muvofiq Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Zelenskiy Ostinga harbiy yordam paketi va Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanishidan buyon AQSHning umumiy ko‘magi uchun minnatdorlik bildirgan.

SNN nashrida yozilishicha, Ostinning tashrifi Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda AQSH tomonidan Ukraina qo‘llab-quvvatlanishi noaniq bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. Biroq, Pentagon qo‘llab-quvvatlash davom etishini rejalashtirmoqda. Ostinning o‘zi tashrif oldidan AQSH va uning ittifoqchilari kelgusi yilda kim prezident bo‘lishidan qat’i nazar, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarini kuchaytirishda davom etishini aytgan

Lloyd Ostin Kiyevga AQSH prezidentlik saylovlariga ikki hafta qolganda, e’lon qilinmagan birdamlik tashrifi bilan bordi. Bu uning Pentagon rahbari sifatida Ukrainaga to‘rtinchi tashrifi bo‘lib, Ostinning so‘zlariga ko‘ra, AQSH xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ko‘rsatishi kerak.

Ukraina Prezidenti yaqinda G‘arb ittifoqchilaridan Rossiya hududiga chuqur zarbalar berish uchun ular tomonidan yetkazib berilgan qurollardan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda. Vladimir Zelenskiy, shuningdek, Ukrainani NATOga a’zo bo‘lishga zudlik bilan taklif qilishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “The Wall Street Journal” Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan borganini yozgandi. Unda Ostin Kiyevga “Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qat’iy sodiqlik haqidagi bayonot bilan” borgani, biroq Ukrainaga hech qanday yangi harbiy yordam yoki Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat olmagani qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made