AQSH Ukrainaga o‘z harbiylarini jo‘natishi mumkin – kongressmen
Olam
−
13 dekabr 2023
10162Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati Ukrainadagi mojaroni davom ettirishdan va Rossiyaga qarshi turishdan manfaatdor, shuning uchun, agarda Kiyevning harbiy harakatlarda qatnashish uchun askarlari yetishmaydigan bo‘lsa, amerikalik harbiylar safarbar etilishi mumkin. Bu haqda bugun, 13-dekabr kuni AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin X'dagi jonli efiri davomida so‘z ochdi.
“Agar Vashington biror narsani xohlasa, u bu kurash davom etishi uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Ular Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha urishmoqchi”, degan siyosatchi.
Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida Qo‘shma Shtatlar endi Kiyevga yordam bera olmaydigan sharoitga kelganini tan olgandi. Amerika rahbari, shuningdek, Kiyevni ikki partiyaviy qo‘llab-quvvatlash AQSH Kongressida qolayotganini va ayrim respublikachilar tomonidan bildirilgan fikrlar umumiy pozitsiyani aks ettirmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi