AQSH Ukrainaga Tomahawk raketalarini yuborishi mumkin
Olam
−
23 noyabr 5956 2 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda Ukrainaga xavfsizlik kafolati sifatida Tomahawk raketalarini berishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Washington Post” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Muzokaralarga yaqin bo‘lgan AQSH rasmiylari nashrga Tramp ma’muriyati AQSH taklif qilgan rejada “Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari hali ishonchli emasligini” tushunishini aytgan. Xususan, Tramp Ukraina armiyasining ruxsat etilgan maksimal sonini oshirishi yoki butunlay olib tashlashi mumkin.
“Urushdan keyin to‘xtatuvchi kuchlarni kuchaytirish uchun, agar tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda, rasmiylar Ukrainaga Tomahawk raketalarini berishni ko‘rib chiqmoqdalar”, deb yozadi nashr.
Qayd etilishicha, ushbu raketalarni yetkazib berish Rossiya qarshi bo‘lgan Ukrainada Yevropa qo‘shinlarini joylashtirishga muqobil sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Vashington Kiyev bu raketalarni Rossiyaga qarshi “oldindan” ishlatmasligiga ishonadi, chunki bundan ishga qo‘l urgudek bo‘lsa, oqibatda Kiyev AQSH va Yevropaning qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotadi. Nashr manbalaridan biri Vashington “ikkinchi Yugoslaviya” paydo bo‘lishining oldini olish uchun Ukrainaning “qulashi”dan qochishni istayotganini bildirgan.
Avvalroq Kiyev AQSHni Ukrainaga Tomahawk raketalarini yetkazib berishga chaqirgan edi. Amerika OAVlarining xabar berishicha, Tramp dastlab bu imkoniyatni ko‘rib chiqqan, ammo keyinchalik Kiyevga Qo‘shma Shtatlar hozircha bunday qilmasligini, chunki u diplomatiyaga ustuvor ahamiyat berishini va bunday ta’minot diplomatik sa’y-harakatlarga putur yetkazishi mumkinligini aniq aytgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ilgari Amerika harbiy xizmatchilarining bevosita ishtirokisiz Tomahawk raketalaridan foydalanish mumkin emasligini ta’kidlab, “bu Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘z ichiga olgan holda, keskinlashuvning mutlaqo yangi, sifat jihatidan yangi bosqichini anglatadi”, deb ogohlantirgan edi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga Tomahawk raketalarini yetkazib berish Moskvadan yetarli javob talab qiladi.
Live
Barchasi