AQSH Ukrainaga Rossiyaga chuqur zarbalar berishni taqiqlamaydi – Kellogg

Olam

image
Yevropani Rossiyadan faqat Ukraina himoya qila oladi – FT north_east

Yevropani Rossiyadan faqat Ukraina himoya qila oladi – FT

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali qurolli zarbalar berish uchun ruxsat berdi. Bu haqda Oq uy rahbarining maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kelloggdan Ukraina kuchlarining Rossiyaga bunday zarbalar berish mumkinligi haqida Prezidentning pozitsiyasi qanday ekani bo‘yicha savol berilgan. Maxsus vakilning aytishicha, Tramp bunga qarshilik qilmaydi. Shuningdek, vitse-prezident Jeyms Devid Vens va Davlat kotibi Marko Rubioning bayonotlari ham Rossiyaga chuqur zarba berish imkoniyatidan foydalanishni nazarda tutadi.

Kelloggning eslatishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Kiyevga Tomahawk raketalarini (2500 km masofagacha uchadi) o‘tkazishni so‘ragan. Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu borada qaror qabul qilinmagan. Vens avvalroq bu masala muhokama qilinayotganini aytgandi.

“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, BMT doirasidagi muzokaralar chog‘ida Zelenskiy Trampni Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berishga chaqirgan. Ikki manba nashrga Amerika rahbari AQSHning bunday hujumlarga qo‘ygan taqiqini bekor qilish majburiyatini olmaganini aytgan bo‘lsa-da, respublikachi bu fikrga qarshi emasligini aytgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Ukrainaning Rossiyaga uzoq masofali qurollar bilan zarba yo‘llashiga ruxsat berish “NATO davlatlari u bilan urushayotganini” bildiradi. Kreml zarba berish masofasidagi cheklovlarni bekor qilishni mojaroni hal qilish harakatlariga zid keladigan “juda xavfli” qaror deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kit Kellogg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing