AQSH Ukrainaga Rossiya hududiga chuqur kirib boradigan raketani topshirmoqchi
Olam
−
03 Sentabr
9845AQSHdan Ukrainaga Rossiya hududiga “chuqur kirib borishi” mumkin bo‘lgan JASSM qanotli raketalari yetkazib beriladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
“AQSH Ukrainaga Rossiya hududiga yetib borishi mumkin bo‘lgan uzoq masofali qanotli raketalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzishga yaqin turibdi... Qurollar paketiga qo‘shma “havo-yer” raketalari (JASSM) kiritilishi haqida e’lon qilinishi kutilmoqda”, deyiladi nashr xabarida.
Qayd etilishicha, AQSH hozirda ushbu raketalarni Ukraina Qurolli kuchlariga yuborishdan oldingi texnik muammolarni hal qilmoqda.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, Ukrainaga JASSM raketalarini yuborish mojaroning “strategik manzarasi”ni sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, yuqorida aytilgan raketalarning Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilishi go‘yoki Rossiya ta’minot omborlarini yuzlab kilometr “orqaga surib qo‘yishi” mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Ukrainaga 400 kilometrga uchadigan JASSM raketalarini berishga rozi bo‘lgan edi.
LiveBarchasi