AQSH Ukrainaga qurollar uchun yiliga 300 mln dollargacha ajratmoqchi
Olam
−
19 mart 2021
3072Bir guruh amerikalik senatorlar xavfsizlik sohasida Ukraina bilan hamkorlik to‘g‘risida qonun loyihasini taklif qildi. Bu haqda AQSH Senatining tashqi aloqalar qo‘mitasi saytida xabar berilgan.
Qonun loyihasida, xususan, Normandiya formatidagi muzokaralar paytida Ukrainaga Amerikaning maxsus vakili tayinlanishi va AQSH Davlat departamenti tomonidan Yevropadagi tegishli ittifoqchilar bilan birgalikda Ukraina bo‘yicha ishchi guruh tuzilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tashabbus Ukraina tomoniga qurol uzatishni soddalashtirishni, Ukraina harbiylarini tayyorlash uchun Kiyevga yiliga 4 million dollar ajratishni, shuningdek, harbiy yordam sifatida yiliga 300 million dollargacha mablag‘ ajratishni taklif qilmoqda.
"Biz Ukrainani ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlashni Kongressda ham, Oq uyda ham yana bir bor tasdiqladik", degan qonun loyihasining mualliflaridan biri Kris Merfi.
LiveBarchasi