AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladi – Zelenskiy
Olam
−
12 iyul 3947 1 daqiqa
AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berishni tikladi. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy kecha, 11 iyul kuni ukrainaliklarga kundalik videomurojaatida ma’lum qildi.
“Bizda eng yuqori darajadagi siyosiy signallar bor – yaxshi signallar, ayniqsa AQSHdan, yevropalik do‘stlarimizdan. Barcha ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazib berish qayta tiklangan”, dedi u.
Zelenskiy AQSHdan qaysi tizimlar yetkazib berilayotganiga aniqlik kiritmadi.
“Shuningdek, yangi Yevropa mudofaa paketlarini tayyorlayapmi”, deya qo‘shimcha qildi Ukraina davlati rahbari.
1 iyul kuni “Politico” nashri Oq uyga tayanib, Pentagon Ukrainaga Patriot tizimlari uchun zenit-raketalar va boshqa yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilarni yetkazib berishni AQSHning o‘zida ushbu qurollar zaxiralari haddan tashqari kamayganidan xavotirlar tufayli to‘xtatgani haqida xabar berdi. Keyin CBS Qo‘shma Shtatlar nafaqat Ukrainaga qurol va o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatganb, bu qaror Pentagon Qo‘shma Shtatlardan qurol olayotgan barcha mamlakatlarga nisbatan o‘tkazayotgan kengroq tekshiruvning bir qismi ekanini xabar qildi.
8 iyul kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Amerika mudofaa qurollarini yuborishni ma’qullaganini aytdi. 10 iyul kuni “Reuters” agentligi Amerika rasmiylariga tayanib, Qo‘shma Shtatlar 155 millimetrli artilleriya snaryadlari va GMLRS mobil raketalarini yetkazib berishni qayta boshlagani haqida xabar berdi.