AQSH Ukrainaga iqtisodiy va harbiy yordam va’da qildi

Olam

image

AQSHning yangi davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan suhbatda Kiyevga faol iqtisodiy va harbiy yordam va’da qildi. Bu haqda Davlat departamenti vakili Ned Praysning bayonotiga asoslanib xabar berilgan.  

Blinken, shuningdek, AQSH "Ukrainaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va Yevroatlantik intilishlarini birinchi o‘ringa qo‘yishini" ta’kidlagan. 

Bundan tashqari, ular "Rossiyaning Ukrainaning sharqi va Qrimga nisbatan tajovuzkorligi masalasining diplomatik yechimini" muhokama qilgan. 

Avvalroq, Entoni Blinken xalqaro hamjamiyat Vashingtonning yetakchiligiga muhtojligini aytgandi.

Ma’lumot o‘rnida, 26 yanvar kuni AQSH Senati 58 yoshli Entoni Blinkenni Davlat kotibi lavozimiga tasdiqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing