AQSH Ukrainaga 500 mln dollarlik harbiy yordam yubormoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati bugun, 23 iyun kuni Ukrainaga yangi ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari va artilleriya o‘q-dorilarini o‘z ichiga olgan 500 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilmoqchi. Bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib CNN ma’lum qildi. 

Manbalarning ta’kidlashicha, gap HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) bir nechta raketa tizimlari haqida ketmoqda. 

AQSH Ukrainaga so‘nggi yordam paketini yuborganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. 15 iyun kuni mamlakat rahbari Jo Bayden ukrainalik mavqedoshi bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar 1 mlrd dollarlik harbiy yordam yuborishini ochiqlagandi

So‘nggi yordam qo‘shimcha artilleriya qismlari va qirg‘oqni himoya qilish vositalari, shuningdek, ukrainaliklarning Donbassdagi mudofaa operatsiyalarida zarur bo‘lgan artilleriya hamda ilg‘or raketa tizimlari uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam haqidagi hisobotini e’lon qilgan edi. 

Unga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden lavozimga kelgan kundan boshlab Vashington Kiyevga 6,3 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratgan bo‘lsa, joriy yil 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin 5,6 milliard dollar bergan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing