AQSH Ukrainaga 275 million dollarlik yordam paketi ajratdi

Olam

image

Pentagon Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi, unga 155 mm va 105 mm artilleriya snaryadlari hamda HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi.

Shuningdek, yordam paketiga Javalin va AT-4 tankka qarshi tizimlar, tankka qarshi minalar, TOW raketalari, taktik mashinalar, o‘q-dorilar, kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy himoya vositalari, ehtiyot qismlar kiradi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘z bayonotida qurol-yarog‘ jo‘natilishi Ukrainaga Xarkov viloyatidagi Rossiya hujumini qaytarishga yordam berishini ta’kidladi.

"Avvalgi paketlardan yordam allaqachon oldingi chiziqqa yetkazilgan, yangi partiya imkon qadar tezroq o‘tkaziladi", deydi Davlat kotibi.

24 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yordam uchun 61 milliard dollar ajratishni o‘z ichiga olgan qonun loyihalari paketini imzoladi. 10 may kuni Bayden Ukrainaga 400 million dollar harbiy yordam berishni buyurdi 15 may kuni Entoni Blinken Ukraina mudofaa korxonalari fondidan yana 2 milliard dollar olishini ma’lum qildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlarining Xarkov viloyatida oldinga siljishi uchun javobgarlikni bir necha oy davomida harbiy yordamni muvofiqlashtirib kelayotgan ittifoqchilar zimmasiga yukladi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina Qurolli kuchlariga barqaror ta’minot oqimini ta’minlashga va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing