AQSH Ukrainaga husiylar uchun mo‘ljallangan qurollarni topshirdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina Qurolli kuchlariga Yamandagi husiylarga olib ketilayotgan kemalardan tortib olingan qurol-yarog‘larni topshirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

“2024 yil 4 aprelda AQSH hukumati Ukraina Qurolli kuchlariga 5 mingdan ortiq AK-47, pulemyotlar, snayper miltiqlari, RPG-7 va 500 mingdan ortiq 7,62 mm kalibrli o‘qlarni topshirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X’dagi sahifasida.

Qayd etilishicha, AQSH hukumati 2023 yil 1 dekabrda Adliya vazirligining Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi fuqarolik musodara qilish harakati doirasida ushbu o‘q-dorilarga egalik huquqini qo‘lga kiritgan. Bu o‘q-dorilar AQSH Markaziy qo‘mondonligi va hamkor dengiz kuchlari tomonidan 2021 yil 22 maydan 2023 yil 15 fevralgacha to‘rtta alohida tranzit kemasidan musodara qilingan. 

CENTCOM’ga ko‘ra, o‘q-dorilar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusidan Yamandagi husiylarga yetkazilishi kerak bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing