AQSH Ukrainadagi kadrlar almashinuvidan xavotirda – “Politico”
Olam
−
05 Sentabr
4510AQSH rahbariyati Ukraina hukumatidagi kadrlar almashinuvini “xavotir uchun sabab” deb hisoblamoqda. Bu haqda anonim qolishni xohlagan Amerika ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlariga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.
“Ehtimol, xavotirga sabablar bordir", deydi nashr manbasi Ukraina vazirlarining iste’foga chiqishi haqidagi ketma-ketlikni sharhlash jarayonida.
Kiyevning G‘arbdagi ittifoqchilari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning kadrlar bo‘yicha qarorlarini haligacha jiddiy tanqid qilmagan bo‘lsa-da, Prezident hukumatni o‘ziga sodiq odamlar bilan to‘ldirayotganidan biroz xavotirda. Oliy Radaning muxolifatdagi “Yevropa birdamligi” partiyasi deputati Ivanna Klimpush-Sinsadzening so‘zlariga ko‘ra, hukumatdagi joriy o‘zgarishlar ham hokimiyatning Prezident va uning idorasi tomonidan markazlashtirilgani, shuningdek, mamlakatda boshqaruvning jiddiy inqirozidan darak beradi.
Ma’lumot uchun, 3 sentyabr kuni Ukrainada olti nafar vazir darajasidagi amaldor lavozimini tark etdi:
- Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba (2020 yildan buyon faoliyat yuritadi)
- Bosh vazirning Yevropa va Yevro-Atlantika integratsiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Olga Stefanishina (2020 yildan buyon faoliyat yuritadi).
- Bosh vazir o‘rinbosari, Ukraina “Vaqtinchalik bosib olingan” hududlarni reintegratsiya qilish vaziri Irina Vereshuk (bu lavozimda 2021 yildan beri ishlaydi).
- Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin (2023 yil martidan buyon faoliyat yuritmoqda).
- Adliya vaziri Denis Malyuska (2019 yildan beri lavozimida).
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Strelets (2020 yildan buyon lavozimda).
Bundan tashqari, Zelenskiy o‘z idorasi rahbari o‘rinbosari Rostislav Shurmani ham lavozimidan ozod etdi.
LiveBarchasi