AQSH uchun strategik tahdid kim?

Olam

image

Xitoy Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun haqiqiy strategik muammo bo‘lib, u yaqin kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. Bu haqda bugun, 9 may kuni Vashingtonda innovatsiyalar va milliy xavfsizlikka bag‘ishlangan tadbirda so‘zga chiqqan AQSH Havo kuchlari kotibi Frenk Kendall aytib o‘tdi.

“Qo‘shma Shtatlar uchun haqiqiy strategik muammo, albatta, Xitoydir va yaqin kelajakda shunday bo‘lib qoladi”, degan Frenk Kendall. 

Shuningdek, u Xitoy vaqtni boy bermayotgani va harbiy sohada modernizatsiya ishlarini olib borayotganini aytgan. 

“Ular nafaqat bizda mavjud imkoniyatlarni yengish uchun nimadir ishlab chiqmoqda, balki biz bundan keyin nima qilishimiz haqida oldindan o‘ylashmoqda va bunga qarshi biror narsa ishlab chiqishga harakat qilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Kendall AQSH ham xuddi shunday qilishi, raqobatbardosh bo‘lishi kerakligini ta’kidlab.

Bundan tashqari, u garchi AQSH Xitoyni “strategik tahdid” deb hisoblasada, harbiylar Rossiyani yadro quroliga ega davlat sifatida e’tiborsiz qoldirolmasligini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing