AQSH uchun eng yirik xavf bu AQSHning o‘zidir — Xitoy

Olam

image
Dahanaki jangchilar: AQSH-Xitoy qarama-qarshiligida kim qudratliroq? (1-qism) north_east

Dahanaki jangchilar: AQSH-Xitoy qarama-qarshiligida kim qudratliroq? (1-qism)

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoyni eng katta muammo, deb bilmasligi kerak, chunki AQSH uchun asosiy xavf — bu ularning o‘zi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi vitse-prezidenti Van Sishan bugun, 9 iyul kuni aytib o‘tdi.

“Qo‘shma Shtatlar uchun eng katta muammo — bu Xitoy emas, balki AQSHning o‘zi. Ular Amerika bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish strategiyasida noto‘g‘ri tushunchalarning shafqatsiz doirasi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak”, deya “Sinxua” axborot agentligi AQSHning sobiq Davlat kotibi Genri Kissindjerning Xitoyga tashrif buyurganiga 50 yil to‘lgani munosabati bilan o‘tkazilayotgan marosimda so‘z chiqqan vitse-prezidentdan iqtibos keltirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Genri Kissindjer — amerikalik davlat arbobi, diplomat va xalqaro munosabatlarda ekspert. U o‘z vaqtida AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va AQSH Davlat kotibi bo‘lgan. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori hisoblangan Genri hozir 98 yoshda. 

Van Sishanning so‘zlariga ko‘ra, Pekin va Vashington tinch yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishlari kerak. 

“Xitoy-AQSH munosabatlari muhim bosqichda turibdi. Biz kelishmovchiliklarni muzokara orqali hal qilishimiz kerak”, deydi u.

Qayd etish kerakki, ayni vaqtda AQSH-Xitoy munosabatlari havas qiladigan darajada emas. Vaholanki, Xitoyning shu darajaga chiqishida Qo‘shma Shtatlarning o‘rni bor.

Ikki o‘rtadagi aloqalar ayniqsa, AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp davrida yomonlashdi. Oqibatda 2018 yilga kelib ikki o‘rtada “Sovuq urush”ga tenglashtirilgan “Savdo urushi” boshlandi. 

Bunga o‘zaro savdodagi tafovut sabab bo‘ldi. Jumladan, 2017 yilgi AQSH-Xitoyning o‘zaro savdo aylanmasi 710 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu, albatta, yaxshi ko‘rsatkich. Ammo, bunda Qo‘shma Shtatlarning ulushi 187 milliardni tashkil qilgan holda, Xitoynikidan qariyb uch barobarga kam edi. Bundan norozi bo‘lgan rasmiy Vashingtonning tashabbusi bilan ikki tomon bir-birini sanksiyalar bilan “siylashni” boshladi. “Savdo urushi”dan, albatta, jahon xo‘jaligining boshqa ishtirokchilari ham zarar ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Vashington Pekin

Baholaganlar

134

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing