AQSH uch mamlakatni saylovlarda aralashganlikda ayblamoqda
Olam
−
13 yanvar 2021
8508Rossiya, Eron va Xitoy AQSHdagi Prezident saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringan. AQSH Milliy aksil razvedka va xavfsizlik markazi direktori Uilyam Evanina shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar bergan "The Washington Post".
Markaz rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u har kuni Rossiya, Xitoy, Eron va boshqa mamlakatlarning razvedka ma’lumotlarini kuzatgan.
"Men tahdidni ko‘rdim. Ishonamanki, uchala davlat ham aralashishga qiziqish bildirgan va saylovlarimizga ta’sir o‘tkazishga uringan", degan Evanina.
Shuningdek, u Rossiya saylovlar bilan bog‘liq tahdidlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ekanligini, ammo XXR ham o‘z o‘yinini ko‘rsatayotganini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHda prezidentlik saylovlari 2020 yil 3 noyabrda o‘tkazildi. Demokratlardan Jo Bayden, respublikachilardan amaldagi Prezident Donald Tramp saylovda o‘z nomzodi bilan ishtirok etdi.
Joriy yil 7 yanvar kuni AQSH Kongressi demokrat Jo Baydenning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini ma’qulladi. U 270 dan ortiq saylovchilar ovozini oldi.
LiveBarchasi