AQSH “Tolibon” a’zolariga viza berishni taqiqlamoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken “Tolibon” harakati a’zolariga qo‘shimcha viza cheklovlari joriy etmoqchiligini e’lon qildi. Cheklovlar Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan afg‘on ayollariga nisbatan kamsituvchi qarorlar qabul qilingani sababli kiritilishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi. 

“Bugun men “Tolibon” harakatining ayrim amaldagi va sobiq a’zolari, nodavlat huquqni muhofaza qilish organlar vakillari hamda Afg‘onistondagi qizlar va ayollarning huquqiga rahna soluvchi siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shaxslar uchun qo‘shimcha viza cheklovlarini joriy etish choralarini ko‘rmoqdaman”, deya ta’kidlagan Blinken o‘z bayonotida.

Blinken Qo‘shma Shtatlar “Tolibon” harakati qo‘llayotgan “siyosat”ni qoralashini ma’lum qilgan.

“Tolibon” barcha afg‘onlarning, shu jumladan, ayollar va qizlarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilmas ekan, ularni ham xalqaro tashkilotlar qo‘llab-quvvatlashi hamda yordam berishiga umid qilmasin”, deya qo‘shimcha qildi Davlat kotibi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 21 dekabr kuni “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni to‘xtatishni talab qildi.

“Tolibon”ga ko‘ra, bunday qarorga universitet yotoqxonalarida ayollarning bo‘lishi va ularning viloyatlardan o‘qish uchun erkaklar hamrohligisiz kelishi, talaba qizlarning hijob o‘rash qoidalariga rioya qilmasligi, erkak va ayolning birgalikda o‘qishi, ba’zi fakultetlarda qizlarning o‘qitilishi islom qonunlariga zid va afg‘onlarning g‘ururiga putur yetkazishi sabab bo‘lgan. 

Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Afg‘onistonda “Tolibon” ayollarga milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarda ishlashni taqiqlagani hamda ayollarning televideniyeda faoliyat ko‘rsatishini taqiqlashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing