Afg‘on ayollarining televideniyeda ishlashi taqiqlanishi mumkin
Olam
−
27 dekabr 2022
3700“Tolibon” Afg‘onistonda ayollarning televideniyeda faoliyat ko‘rsatishini taqiqlashi mumkin. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Tolibon” ayollarning televideniyeda: boshlovchi, muxbir va mutaxassis sifatida chiqishlarini butunlay taqiqlash ehtimoli mavjud. Bunda ayollarning tasvirlari va ovozlari har qanday televideniya translyatsiyalaridan kesilishi nazarda tutilgan.
Hozircha mazkur masala bo‘yicha tafsilotlar ma’lum qilinmagan. Ammo so‘nggi kunlardagi tendensiyaga ko‘ra, bu amalga oshishi mumkin.
Avvalroq Afg‘onistonda “Tolibon” ayollarga milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarda ishlashni taqiqlagani hamda Afg‘oniston universitetlarida talaba qizlar uchun darslar to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.
Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi
26 noyabr