AQSH “Tolibon”dan qizlar uchun qasos olmoqchi

Olam

image

AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 20 dekabr kuni navbatdagi brifingda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, “Tolibon” bu harakatni qoralagan AQSH va uning ittifoqchilaridan “umumiy signal” olishi muhim.  

“Ammo bizni javobgarlikka tortish uchun chora ko‘rishimiz ham shunchalik muhim. Va ishonamanki,  biz ushbu signalni berishni muvofiqlashtirganimizdek,  yaqin kunlarda ko‘plab hamkorlarimiz xuddi shunday qilishadi”, deydi Prays.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror “Tolibon” uchun jiddiy oqibatlarga, “Tolibon”ning xalqaro hamjamiyatdan sezilarli darajada uzoqlashishiga olib keladi, shuningdek, ularning kerakli qonuniylikka ega bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

“Tolibon”, bu qaror, o‘z xalqi oldidagi bir necha marta va oshkora qabul qilgan majburiyatlariga zid ravishda, ular uchun aniq badallarga olib kelishini kutishi kerak. Albatta, biz buni “Tolibon”ni javobgarlikka tortish uchun qilyapmiz. Bizda bu maqsadda foydalanishimiz mumkin bo‘lgan bir qator vositalar mavjud”, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Prays so‘zida davom etib, xalqaro hamjamiyat o‘z va’dalarini bajarmadigan toliblar bilan normal munosabatlarni saqlolmaydi. 

“Ular yaxshi bilishadiki, AQSH va bizning hamkorlarimiz “Tolibon” shunday qadamlar qo‘yganida,  jahon hamjamiyati va xalqi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganida ular bilan normal munosabatlarni saqlab qola olmaydi”. 

Davlat departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror “Tolibon” va AQO‘ rasmiylari hamda boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga jiddiy to‘siq bo‘ladi.

Praysning aytishicha, Vashington allaqachon “Tolibon”ga qarshi choralar ko‘rgan.  

“Tolibonni javobgarlikka tortish uchun yana nima qilishimiz mumkinligini ko‘ramiz”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing