AQSH “Tolibon” hokimiyatni egallaganidan keyin o‘tkazilgan ilk muzokara bo‘yicha ma’lumot berdi
Olam
−
13 Oktabr 2021
6327AQSH rasmiylari bilan “Tolibon” harakati o‘rtasida o‘tgan hafta Qatarda o‘tkazilgan muzokaralar “asosan ijobiy” bo‘lgan. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi.
“Shanba va yakshanba kunlari (9-10 oktyabr) ikki kunlik uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular ishbilarmonlik muhitida, asosan ijobiy bo‘lib o‘tdi. Biz amaliy va pragmatik asosda muloqot qildik”, deb ta’kidlagan Prays.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha, 12 oktyabr kuni “Tolibon” vakillari bilan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tgan, unda AQSH bilan birga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Vashingtonning “yanada kengroq ittifoqchilari va sheriklari” ishtirok etgan.
“Ishtirokchilar orasida AQSH, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Shveysariya va Ispaniya bor edi”, degan u.
Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiy halokat yoqasida turgan Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga rozi bo‘lgani, lekin mamlakat yangi hukumat vakolatlarini tan olmagani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi