AQSH “Tolibon” hokimiyatini tan oladimi?

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqin vaqt ichida “Tolibon” harakati vakillarini Afg‘onistonning yangi rahbarlari sifatida tan olmaydi. Bu haqda Delaver shtatining Uilmington shahrida dam olib, Oq uyga qaytgan AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.  

Jurnalistlar Oq uy maysazorida davlat rahbaridan Qo‘shma Shtatlar “Tolibon”ning Afg‘onistondagi hokimiyatini tan oladimi, deb so‘rashgan.

“Yo‘q. Bunga hali ancha bor”, deb javob bergan Bayden. 

Oq uy Matbuot kotibi Jen Psakiga ko‘ra, AQSH ma’muriyati “Tolibon” vakillarini Afg‘onistonning yangi rahbarlari sifatida tan olish imkoniyati masalasini zudlik bilan zarur, deb hisoblamaydi.

Afg‘onistondagi vaziyat

AQSHning Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy operatsiyasi Prezident Jo Bayden davriga kelib yakunlandi. AQSH qo‘shinlari joriy yilning 31 avgust kuni mamlakatni tark etdi. Bunga qadar Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Britaniya va Germaniya ham mamlakatni tark etdi. Ushbu jarayon yakunlanmasidan “Tolibon” harakati poytaxt Qobulni egallab, joriy yilning 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatdi. 19 avgust kuniga kelib toliblar Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing