AQSH tinchlik sulhidan keyin “Tolibon”ga zarba berdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘oniston janubidagi Helmand viloyatida "Tolibon" harakati a’zolariga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni AQSH Qurolli kuchlari vakili Sonni Legget ma’lum qildi.

"Afg‘oniston milliy xavfsizlik kuchlari nazorat punktiga "Tolibon" jangarilari hujum qilishdi. Bu hujumni oldini olish uchun AQSH mudofaa kuchlari ularga qarshi zarba berdi”, dedi polkovnik Sonni Legget "Twitter"dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington tinchlik sulhiga  sodiq, ammo kerak bo‘lganda afg‘on kuchlarini himoya qiladi.

“Guruh rahbariyati xalqaro hamjamiyatga zo‘ravonlikni kamaytirishga va hujumlar sonini ko‘paytirmaslikka va’da bergan. Biz "Tolibon" harakatini hujumlarni bas qilishga va o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqiramiz" dedi Qurolli kuchlar vakili.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 mart kuni "Tolibon" harakati mamlakat sharqida portlash  uyushtirgan edi. Harakat vakilining so‘zlariga ko‘ra, mujohidlar xorijiy kuchlarga qarshi hujumlar qilmaydi, lekin Afg‘oniston hukumatiga qarshi harakatlarni davom etirishadi.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, kecha, 3 mart kuni "Tolibon" hujumi oqibatida mis koniga yondosh xavfsizlik punktida besh afg‘on politsiyasi xodimi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, aynan shu kuni yana ikki hududda hukumat kuchlariga nisbatan hujumlar qayd etilgan. Xususan, "Tolibon" Vosher mintaqasidagi nazorat punktiga hamda Qunduz viloyatidagi harbiy bazaga hujum qilgan. Bu hujumlar oqibatida 7 afg‘on harbiysi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Tolibon

Baholaganlar

254

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing