AQSH Suriyadagi Eronga aloqador guruhlarga zarba berdi
Olam
−
13 noyabr 2023
6380AQSH Prezidenti Jo Bayden Suriya sharqida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlarga havodan zarba berish haqida buyruq berdi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning kecha, 12 noyabr kuni e’lon qilingan yozma bayonotida ma’lum qilindi.
"Bugun AQSH kuchlari Suriyaning sharqiy qismidagi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va unga aloqador guruhlar tomonidan Iroq va Suriyadagi AQSH qo‘shinlariga qarshi davom etayotgan hujumlarga javoban foydalanilgan nishonlarga aniq zarbalar berdi", degan Pentagon rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar eronparast guruh a’zolarining o‘quv markazi va boshpanalariga berilgan.
“Fox News”ning yozishicha, hujum oqibatida olti nafar askar halok bo‘lgan.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 17 oktyabrdan beri Suriya va Iroqdagi AQSH qo‘shinlariga qariyb 50 marta hujum qilingan. 26 oktyabr kuni AQSH Harbiy-havo kuchlarining ikkita F-16 qiruvchi samolyoti Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli bo‘lgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar omborlariga havodan zarba bergan.
LiveBarchasi