AQSH sudi Trampga tegishli tashkilotni firibgarlikda aybdor deb topdi

Olam

image

Kecha, 6 dekabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi hakamlik sudi AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampga tegishli Amerikaning Trump Organization kompaniyasini moliyaviy firibgarlik ishida aybdor deb topdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. 

Dunyo bo‘ylab mehmonxonalar, golf maydonlari va boshqa ko‘chmas mulklarni boshqaradigan kompaniya jarimaga tortiladi. Aniq miqdorni Nyu-York shtati sudyasi keyinroq aniqlaydi. 

Trump Organization yuqori darajadagi rahbarlarga daromad va bonus to‘lovlarini yashirish orqali soliq organlarini aldash bo‘yicha 15 yillik sxema bilan bog‘liq ko‘plab soliq firibgarligi va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblangan.  

Trump Organization aybini tan olmagan. 

2021 yil iyul oyida Trump Organization va uning bosh moliyaviy direktori Allen Vayssenberg soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, firibgarlik, o‘zlashtirish va qalbakilashtirishda ayblangan. Kompaniya, xususan, kredit olish maqsadida o‘z aktivlari qiymatini sun’iy ravishda oshirganlikda gumon qilinmoqda. Respublikachi Tramp ayblovlarni rad etadi va Nyu-York rasmiylarining tergovlarini demokratlar boshlagan jodugar ovi deb ataydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi ikkinchi dekadasida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Nyu-York shtati Bosh prokuraturasi tomonidan o‘zining Trump Organization kompaniyasidagi moliyaviy firibgarlikda ayblanayotgani haqida xabar qilingan edi. 

Ayblanuvchilar – Trampning o‘zi, uning farzandlari kichik Donald, Erik va Ivanka, Tramp tashkilotining sobiq moliya direktori Allen Vaysselberg va uning yordamchisi Jeffri MakKoni. Prokuratura ayblanuvchilar 2011 va 2021 yillar oralig‘ida Trampning yillik moliyaviy hisobotlarini ortiqcha yoki kam hisobot berish bilan bog‘liq sxema bilan shug‘ullanganini da’vo qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing