AQSH SSSRga qarshi kurash uchun chiqargan harbiy samolyotlarini Ukrainaga bermoqchi
Olam
−
22 iyul 2022
13079AQSH harbiy doiralarida A-10 hujumchi samolyotlari parkini Ukrainaga topshirish taklifi muhokama qilinmoqda. “The New York Times” nashrining ta’kidlashicha, bu g‘oya ham Ukraina ehtiyojlari, ham AQSH havo kuchlarini rivojlantirish manfaatlari nuqtai nazaridan juda mantiqiy.
A-10 hujumkor samolyotlari “Sovuq urush” davrida yerdagi nishonlarni yo‘q qilish va birinchi navbatda, Rossiya tomonidan hali ham ko‘p foydalaniladigan Sovet tanklariga qarshi kurashish uchun yaratilgan.
Shu bilan birga, Pentagon Amerika strateglarining kelajakdagi Qo‘shma Shtatlar ishtirok etishi mumkin harbiy mojarolarga ko‘proq mos keladigan ko‘p nishonli samolyotlarni sotib olish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mablag‘larni bo‘shatish maqsadida yillar davomida ushbu mashinalardan xalos bo‘lishga harakat qilmoqda.
Ammo Amerika harbiylari buning uchun hali Kongressdan ruxsat ololmagan; qonunchilar o‘jarlik bilan A-10 parkini saqlash va modernizatsiya qilish uchun pul ajratgan.
AQSH Harbiy-havo kuchlari kotibi Frenk Kendall bu hafta o‘zining bir qancha bayonotlarida A-10 ni Ukrainaga topshirish imkoniyati borligini aytgan.
AQSH Harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Charlz Braun Aspen xavfsizlik forumida A-10 haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmadi, lekin jangovar samolyotlarni Ukrainaga o‘tkazish imkoniyatini tan oldi.
Vashingtonda F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirish imkoniyati ham muhokama qilinmoqda, biroq Kiyevdagilarning hammasi ham bu samolyotning joriy urush ehtiyojlari uchun foydaliligiga ishonchi komil emas.
Hozirgacha Bayden ma’muriyati samolyotlarni Ukrainaga, hatto NATOning boshqa davlatlaridan ham olib o‘tishga qarshilik ko‘rsatib kelayotgandi, chunki Moskvada bu harakat AQSHning urushdagi ishtirokining kuchayishi sifatida qabul qilinadi, degan xavotir bo‘lgan.
LiveBarchasi