AQSH Shoygu tashrifidan keyin Rossiya va Shimoliy Koreyaga sanksiyalar qo‘llamoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qo‘shma Shtatlar Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Shimoliy Koreyaga tashrifidan so‘ng, Rossiya va Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Millerning so‘zlarini “Yonhap” agentligi keltirmoqda.

“Albatta, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreyaga ta’tilga borganga o‘xshamasdi”, deydi Amerika departamenti vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington allaqachon Pxenyanga va o‘tmishda Rossiyaga yordam bergan shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritgan.

"Kelajakda ham jazo choralarini kuchaytirishimiz mumkin", deydi Miller.

Avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya delegatsiyasining Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida Mudofaa vaziri Sergey Shoygu KXDR rasmiylari bilan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini davom ettirish uchun qurol yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borgani haqida ma’lum qilgandi.

“Biz Rossiyaning qurol-yarog‘ni qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar qo‘llab-quvvatlashga astoydil harakat qilayotganini ko‘ryapmiz. Biz buni Shimoliy Koreyada ham, Rossiyani ko‘plab uchuvchisiz uchoqlar bilan ta’minlagan Eronda ham ko‘ramiz”, deya xulosa qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Shoygu joriy yilning 26 iyul kuni Koreya urushi tugaganining 70 yilligini nishonlash uchun Pxenyanga tashrif buyurdi. Tashrifi davomida u Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ham uchrashdi. Ular birgalikda qurol-yarog‘ ko‘rgazmasini tomosha qildi. Shimoliy Koreya matbuotida Shoygu ushbu mamlakat armiyasini “dunyoda eng kuchlisi” deb atagani to‘g‘risidagi xabarlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya Sergey Shoygu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing